Savdo-sanoat palatasi rahbariyati va hududiy hokimliklar mutasaddilari hamda hududlardagi turizm yo'nalishida faoliyat olib boruvchi tadbirkorlar ishtirokida zoom platformasi orqali onlayn davra suhbati tashkil etildi.
Joriy yilning 10-sentabr kuni mamlakatimizning turizm imkoniyatlarini yanada oshirish hamda turizm sohasidagi tadbirkorlik subyektlarini davlat tomondan qo'llab-quvvatlash maqsadida Prezident Administratsiyasi mutaxassislari, Savdo-sanoat palatasi rahbariyati va hududiy hokimliklar mutasaddilari hamda hududlardagi turizm yo'nalishida faoliyat olib boruvchi tadbirkorlar ishtirokida zoom platformasi orqali onlayn davra suhbati tashkil etildi.
Davra suhatida, Turizm transporti uyushmasi vakillari tomonidan quyidagi takliflar berildi:
- mamlakatimizdagi 11 ta yirik bojxona chegara nuqtalarida turistik axborot markazlari faoliyatini tashkil etish (Turizm transporti uyushmasi tomonidan bugungi kunda 4 ta bojxona chegara nuqtalarida turistik axborot markazlari faoliyati yo’lga qo’yilgan).
- transport sohasidan turistik transport yo‘nalishini ajratib olish va yuridik maqom berish orqali sohadagi muammo va kamchiliklarga baham berish.