"Turizm bilan bog'liq transport xizmati bozorini rivojlantirish" mavzusida davra suhbati tashkil qilindi.
🗓Joriy yilning 11-oktyabr kuni Urganch shahridagi "Fayz" mehmonxonasida tashkil qilingan uchrashuvda Respublika Turizm transporti uyushmasi mutasaddilari, viloyat hokimi o'rinbosari, Turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi boshlig'i, Transport boshqarmasi xodimlari, viloyatda faoliyat olib borayotgan transport uyushmalari rahbarlari, ichki ishlar boshqarmasining xavfsiz turizm bo'limi mas'ullari va ommaviy axborot vositalari hodimlari ishtirok etdilar.
📝Mazkur uchrashuvda turizm transporti sohasiga daxldor muammolar muhokama qilinib, sohani rivojlantirish borasidagi takliflar tinglandi.
⚡️"Turizm bilan bog'liq transport xizmati bozorini rivojlantirish" mavzusida davra suhbati
yakunida Turizm transporti uyushmasi hamda viloyat Turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi o'rtasida o'zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.
🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram (https://t.me/UTTAUZ) | Website (https://utta.uz/) | Instagram (https://www.instagram.com/utta.uz/) | Facebook (https://www.facebook.com/utta.uz/?ref=pages_you_manage)