O‘zbekiston Turizm transporti uyushmasi
va “Milliy PR-markazi” DUK bilan yaqindan hamkorlik qilish maqsadida uchrashuv tashkil etildi
Joriy yilning 2 noyabr kuni O‘zbekiston Turizm transporti uyushmasi vakillari va “Milliy PR-markazi” DUK rahbariyati o‘rtasida muzokaralar o‘tkazildi.
Mazkur uchrashuvda tomonlar mamlakatning chegara-bojxona postlarida tashkil etilgan turistik axborot markazlarini O‘zbekistonning turizm salohiyatini yoritib beruvchi targ‘ibot materiallari“Milliy PR-markazi” DUK tomonidan ta’minlanishiga hamda tashkil etiladigan tadbirlarda hamkorlik qilinishi muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida tomonlar mamlakatning turizm transporti yo‘nalishidagi imkoniyatlarini yanada rivojlantirish va yangi loyihalarni amalga oshirishga kelishib olindi.