“Turizm bilan bogʼliq transport xizmati bozorini rivojlantirish” mavzusida uchrashuv tashkil etildi
Oʼzbekiston turizm transporti uyushmasi tomonidan, Turizm va madaniy meros vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Savdo-sanoat palatasi va Toshkent shahar Transport boshqarmasi bilan hamkorlikda bugun, 22-iyul kuni Toshkent shahridagi “International Hotel Tashkent” mehmonxonasida turizm transporti sohasidagi tadbirkorlik subyektlari uchun “Turizm bilan bogʼliq transport xizmati bozorini rivojlantirish” mavzusida uchrashuv tashkil etildi.