Новости
Tadbirkorlik rivoji uchun yangi sharoit va imkoniyatlar yaratilmoqda

Tadbirkorlik rivoji uchun yangi sharoit va imkoniyatlar yaratilmoqda

Hududlarda yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 8 oktyabrdagi 630-son (https://lex.uz/docs/5672564)qaroriga muvofiq tashuvchilar tomonidan shahar atrofi va viloyat ichidagi shaharlararo norentabel avtobus yo‘nalishlaridan ko‘riladigan zararlar qoplab berilmoqda.

Qarorga muvofiq shahar atrofi yoki viloyat ichidagi shaharlararo avtobus yo‘nalishida ko‘riladigan zarar mikdori 30 foizgacha

bo‘lgan yo‘nalish norentabel avtobus yo‘nalishi bo‘lib hisobga olinadi.

2022 yilning yanvar – iyun oyi mobaynida hududlarda norentabel avtobus yo‘nalishlaridan ko‘rilgan zararlarni qoplash uchun tadbirkorlik sub’ektlariga mahalliy byudjetlarning qo‘shimcha manbalari hisobidan 1 807,9 mln so‘m subsidiya ajratilishi ta’minlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati

mintrans.uz | Telegram (https://t.me/Mintrans_uz) | Facebook (https://www.facebook.com/mintrans.uz) | Instagram (https://www.instagram.com/transport_vazirligi/) |


Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Telegram (https://t.me/UTTAUZ) | Website (https://utta.uz/) | Instagram (https://www.instagram.com/utta.uz/) | Facebook (https://www.facebook.com/utta.uz/?ref=pages_you_manage)