Mamlakatdagi qo'shni davlatlar bilan chegaradosh hududlardagi bojxona chegara o‘tkazish punktlarida turistik axborot markazlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish maqsadida o'rganishlar olib borildi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 26.07.2022-yildagi 407-sonli qaroriga muvofiq, O‘zbekiston turizm transporti uyushmasi hamda “Turistlarga xizmat ko‘rsatish markazi” tomionidan, Farg‘ona viloyatining Farg‘ona tumanidagi Qirg‘iz Respublikasining Botken viloyati bilan tutash hududidagi “Vodil” bojxona chegara o‘tkazish punktida turistik axborot markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish hamda qo‘shni Qirg‘iz Respublikasidan mamlakatimizga tashrif buyurayotgan turistlarga qulaylik yaratish maqsadida joriy yilning 8-avgust kuni O‘zbekiston turizm transporti uyushmasi, Farg‘ona viloyati hokimligi, Farg‘ona viloyati Turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi, Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari hamda Bojxona qo‘mitasi vakillari ishtirokida o‘rganishlar o‘tkazildi.