Новости

Turistik axborot markazi faoliyati yo'lga qo'yildi.



O‘zbekiston Respublikasi va Turkmaniston o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 yilligi munosabati bilan “Shovot-Toshovuz” chegara bojxona postida Turkmanistondan tashrif buyuruvchi turistlarga O‘zbekistonning turizm salohiyati to‘g‘risida axborot beruvchi turistik axborot markazi faoliyati yo'lga qo'yildi.

Ushbu turistik axborot markazi Vazirlar Mahkamasining 10.07.2020-yildagi 433-sonli va 26.07.2022-yildagi 407-sonli qarorlarga muvofiq tashkil etildi.

Endilikda markazda turistlar uchun quyidagi turistik xizmatlar ko'rsatiladi:

•chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekistonda bo‘lish tartibi;

•madaniy obyektlar to‘g‘risidagi maʼlumotlar;

•madaniy ko‘ngilochar va ommaviy sport tadbirlar haqida maʼlumotlar;

•turistik yo‘nalishlar va sayohat dasturlari (marshrutlar);

•transport qatnovi, avtomobillar ijarasi;

•umumiy ovqatlanish, savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalari;

•mehmonxona va boshqa joylashtirish vositalari;

•tibbiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalari;

•turoperatorlar, gid, ekskursiya yetakchisi va yo‘riqchi-kuzatuvchi;

•turli favqulodda vaziyatlar;

•“E-mehmon” tizimida ro‘yxatdan o‘tkazish;

•turizm xaritalari, broshuralar va boshqa tarqatma materiallarni taqdim etish va boshqalar.

Shuningdek, bron qilish (avia, temir yo‘l chiptalari, mehmonxona xonalari, jamoat transportiga, madaniy meros obyektlari, muzeylar, galereyalarga chiptalar va boshqalar);

•sim-karta, Internet aloqasi, suvenir mahsulotlari (shu jumladan xalq hunarmandchiligi, sanʼat mahsulotlari va boshqalar), bosma nashrlar, ichimlik, birinchi darajali tovarlar sotuvi;

•velosipedlar, avtotransport, valyuta ayirboshlash (bankomat o‘rnatish orqali) bo‘yicha xizmatlar;

•mobil aloqa va turistik yig‘im uchun to‘lov qabul qilish bo‘yicha xizmat ko‘rsatish.