Новости
O‘zbekiston turizm transporti uyushmasi Xitoyning turistik klassdagi avtobus va mikroavtobuslar ishlab chiqaruvchi  Huanghai yirik avtotransport korxonasi vakili bilan uchrashuv tashkil etildi.

📝Uchrashuv davomida Huanghai korxonasi tomonidan ishlab chiqariladigan turistik klassdagi avtobus va mikroavtobuslar haqida taqdimot tashkil etildi va loyihalar bilan birma-bir tanishildi.
Uyushma vakillari mamlakatning turizm salohiyatini yanada rivojlantirishda yashil iqtisodiyot”ga o‘tish lozimligi, shuningdek, turizm transporti yo‘nalishidagi tadbirkorlik sub’ektlari orasida turistik klassdagi elektro avtobus va mikroavtobuslarga bo‘lgan qiziqish yuqoriligi haqida ta’kidlab o‘tildi.
Uchrashuv yakunida O‘zbekiston turizm transporti uyushmasi va Huanghai avtotransport korxonasi o‘rtasida kelgusidagi yaqindan hamkorlik qilish borasida rejalar va maqsadlar aniq belgilab olinib, tizimli ishlar amalga oshirilishi bo‘yicha kelishib olindi.