Xorazm viloyati “Shovot” bojxona-chegara punktidagi rejalashtirilayotgan yangi o'zgarishlar
Joriy yilning 19 sentyabr kuni muhtaram Prezidentimiz Sh.M. Mirziyoyev raisligida mamlakatimizning ichki va tashqi turizm salohiyatini yanada oshirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi tashkil etildi. Bunda sohani rivojlantirish bo‘yicha aniq berilgan ko‘rsatma va topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston turizm transporti uyushmasi vakillari, “Turistlarga xizmat ko‘rsatish markazi” DUK hamda Xorazm viloyati hokimligi mutasaddilari bilan birgalikda Xorazm viloyatidagi “Shovot” bojxona-chegara punktiga joyiga chiqqan holda ushbu punktda turistik axborot markaz faoliyatini tashkil etish bo‘yicha o‘rganishlar olib borilib, markaz faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha aniq rejalar tuzib olindi.