“Turizm bilan bog‘liq transport xizmati bozorini rivojlantirish” davra suxbatida 20 ga yaqin transport sohasidagi tadbirkorlar ishtirok etishdi
“Turizm bilan bog‘liq transport xizmati bozorini rivojlantirish” davra suxbatiga Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatlarida turistlarga xizmat ko‘sartuvchi 20 ga yaqin transport sohasidagi tadbirkorlar tashrif buyurdi.
Ushbu uchrashuvdan asosiy ko‘zlangan maqsad:
-mamlakatimizning Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatlarida turizm bilan bog‘liq transport xizmati bozorini rivojlantirishdagi mavjud muammo va kamchiliklarni muhokama qilish;
-Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatlarida sohani rivojlantirish bilan bog‘liq taklif va tavsiyalarni amalga oshirish hamda qo‘llab-quvvatlash;
-jamiyatda turizm transporti sohasida amalga oshirilayotgan ishlar
(yangiliklar, islohotlar, shuningdek, transport va turizm sohasidagi imtiyoz va qulayliklar) bilan tadbirkorlik sub’ektlarini tanishtirish;
sayohatlarni sifatli va maroqli tashkil etish yuzasidan zarur
shart-sharoitlar yaratish;
-sohani rivojlantirishga mas’ul bo‘lgan davlat idoralari va tadbirkorlar o‘rtasida hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yishdan iboratdir.
Batafsil: https://www.facebook.com/utta.uz/?ref=page_internal
🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram (https://t.me/UTTAUZ) | Website (https://utta.uz/) | Instagram (https://www.instagram.com/utta.uz/) | Facebook (https://www.facebook.com/utta.uz/?ref=pages_you_manage)