Новости
 Endilikda turistik axborot markazlari turistlar uchun qulay joylarda tashkil qilinadi va chegara o‘tkazish punktlarida joylashtiriladi

O‘zbekiston turizm transporti uyushmasi hamda "Turistlarga xizmat ko'rsatish markazi"ning tashabbusiga ko'ra, turistlar uchun xizmat ko‘rsatadigan turistik axborot markazlari faoliyatini yanada yaxshilash bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflari asosida, joriy yil 26-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 407-sonli qarori qabul qilindi.
Ushbu qarorga ko‘ra, turistik axborot markazi O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasi o‘tkazish punktlarida joylashtiriladi. Turistik axborot markazlari xodimlarining chegara o‘tkazish punktlariga kirib-chiqishi ularning ushbu axborot markazida faoliyat olib borishini tasdiqlovchi belgilangan namunadagi hujjat va O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari tomonidan beriladigan ruxsatnoma asosida amalga oshirilishi belgilangan.