Toshkent aeroportida terminallararo bepul avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi
🚍 Toshkent aeroportining mahalliy va xalqaro aviaqatnov terminallari o‘rtasida avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi. UzPort stikerli avtobus har kuni soat 05:00 dan 23:30 gacha yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatadi.
📍Terminallararo transport qatnovi belgilangan jadvalga muvofiq har soatda bajariladi.
🚏 Xalqaro aviaqatnovlar terminalida avtobus jo‘nab ketish zali yonidagi to‘xtash joyida avtobuslar uchun ajratilgan yo‘lak bo‘ylab harakatlanadi, mahalliy terminalda esa kirish eshigi yonigacha boradi.
Avtobus xizmatlaridan barcha hohlovchilar mutlaqo bepul foydalanishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati
mintrans.uz