O‘zbekiston turizm transporti uyushmasining yangi a’zosi - “Star Liner”
“Star Liner” MCHJ 2017-yildan buyon aholiga jamoat transportiga ko'rsatiladigan xizmat sifatini yaxshilash maqsadida o'z faoliyatini olib bormoqda.
❗️Bugungi kunda korxona tasarrufida zamonaviy so’nggi rusumdagi 12 ta 30-50 o’rindiqli avtobus, 11 ta mikroavtobuslar hamda rus va ingliz tilarlida muloqot qiluvchi malakali xaydovchilar mavjud.
⚡️Ushbu korxonaning kelgusidagi rejalari:
- korxona faoliyatni kengaytirish maqsadida joriy yil yakuniga qadar 400 yaqin yangi avtobuslar xarid qilib Samarqand shahrida turistlarga xizmat ko’rsatishini yo’lga qo’yish;
- Korxonaga tegishli bo’lgan avtobus va mikroavtobuslar uchun xalqaro qatnovlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma olish va qo’shni mamlakatdan O’zbekistonga sayohatga keluvchi turistlarga xizmat ko’rsatish;
- xalqaro turistik tashkilotlar bilan hamkorlik rejalari va shartnomalar imzolash.