Новости

Joriy yil 1 apreldan boshlab

O‘zbekiston turizm transporti uyushmasi tomonidan hududlarga chiqib turizm transporti yo‘nalishidagi tadbirkorlar bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarda ko‘rsatilgan masalalarga muvofiq Uyushma hamda Savdo-sanoat palatasi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan takliflar Prezident Administratsiyasiga kiritildi va kuni kecha muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoev boshchiligida “Mamlakatimiz turizm salohiyatini jadal rivojlantirish” bo‘yicha tashkil etilgan videoselektor yig‘ilishida joriy yil 1 apreldan boshlab turoperator, mehmonxona va tashuvchilarga 10 va undan ortiq o‘rindiqli hamda ishlab chiqarilganiga 5 yildan ortiq bo‘lmagan avtotransportni olib kirishda bojxona imtiyozlari berilishi belgilandi.