Новости
Transport vazirligida Litva Republikasi Tashqi ishlar vazirligi delegatsiyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

22 sentyabr kuni Transport vazirligida Litva Republikasi Tashqi ishlar vazirligi delegatsiyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Transport vaziri o‘rinbosari Abdusamat Mo‘minov hamda Litva tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mantas Adomenas rahbarligida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda transport sohasidagi hamkorlik aloqalarini rivojlantirish masalalari muhokama etildi.
Uchrashuvda tomonlar joriy yil yakuniga qadar xalqaro avtomobil tashuvlari masallari bo‘yicha qo‘shma komissiya yig‘ilishini o‘tkazishga, 2023 yilning birinchi yarimida Litva transport va kommunikatsiya vazirining Toshkentga tashrifini tashkil etishga kelishib olishdi.
Batafsil: mintrans.uz