Новости
O‘zbekiston turizm transporti uyushmasi Toshkent davlat transport universiteti bilan “Mamlakatning turizm transporti sohasini rivojlantirishning dolzarb masalalari bo‘yicha fundamental, amaliy va innovatsion izlanish va tadqiqotlar olib borish hamda transport sohasi uchun kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini rivojlantirish” yo‘nalishlarida muzokara olib borildi.

⚡️Joriy yilning 19-oktabr kuni Toshkent davlat transport universitetida universitet rahbariyati bilan O‘zbekiston turizm transporti uyushmasi a’zolari o‘rtasida uchrashuv tashkil etilib, muzokaralar olib borildi.
📝Uchrashuv davomida tomonlar mamlakatda turizm transporti sohasini rivojlantirishning dolzarb masalalari bo‘yicha fundamental, amaliy va innovatsion izlanish va tadqiqotlar olib borish va ushbu soha uchun kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini rivojlantirish zarurligini muhokama qilishdi.
🖇Sohani rivojlantirish bo‘yicha normativ huquqiy hujjatlarning loyihalari tayyorlanish jarayonlarida ishtirok etishga;
🖇Mazkur sohani rivojlantirish bo‘yicha ilmiy texnik ekspertlar guruhini tuzishga;
🔖Universitet mutaxassislarining (bitiruvchi kurs talabalari, magistr, aspirant, doktorant va boshqa) ilmiy ishlanmalarini amaliyotga tatbiq etishda hamkorlik qilishga kelishildi.


🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram (https://t.me/UTTAUZ) | Website (https://utta.uz/) | Instagram (https://www.instagram.com/utta.uz/) | Facebook (https://www.facebook.com/utta.uz/?ref=pages_you_manage)